R1 = R / Fa , R2 = R / Fz ; bu yerda, R – foyda;
R1 , R2 – foyda me’yori (1- va 2-variantlar);
Fa, Fz – avanslashgan fondlar va tannarx fondlari.
Aylanishlar soni p = Fz /Fa bo’lganligi uchun R2 = R1 x p.
Korxona rentabelligi me’yorini quyidagicha hisoblash mumkin:
R = P (U – S)*100 / (Fo + Fob); Bu yerda, R – foyda;
P – mahsulot hajmi;
U – mahsulot birligining narxi;
S – mahsulotning tannarxi;
Fo – acosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;
Fob – aylanma mablag’larning hajmi.
Korxonalar ish amaliyotida rentabellikning bir qator ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Mahsulotning rentabelligini sotilgan barcha mahsulotlar bo’yicha va uning alohida turlari bo’yicha aniqlash mumkin. Birinchi holda u mahsulotni sotishdan olingan foydaning uni ishlab chiqarish va sotish harajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi. Sotilgan mahsulotlarning rentabelligi tovar mahsulotini sotishdan olingan foydaning mahsulotni sotishdan tushgan tushumga nisbati sifatida; balans foydasining mahsulotni sotishdan olingan foydaga nisbati bo’yicha; sof foydaning sotilgan mahsulotdan tushgan tushumga nisbati bo’yicha hisoblanadi.
Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi balans foydasining asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu ko’rsatkichni sof foyda bo’yicha ham hisoblash mumkin.
Korxona qo’yilmalarining rentabelliligi uning ixtiyorida bo’lgan mulkning qiymati bo’yicha aniqlanadi. Hisoblashda balans va sof foyda ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Mulkning qiymati buxgalteriya balansi bo’yicha aniqlanadi. Bu ko’rsatkich korxona mulkining bir so’m qo’yilmalariga sotish darajasini ifodalaydi. Korxona shaxsiy mablag’larining rentabelligi sof foydaning balans bo’yicha belgilangan, uning shaxsiy mablag’lariga nisbati bilan aniqlanadi.[2]
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarning rentabelligi qimmatbaho qog’ozlar va boshqa korxonalarda ulushli ishtirok etishdan daromadlar miqdorining uzoq muddatli moliyaviy kiritmalarning umumiy xajmiga nisbati sifatida hisoblanadi. Quyidagi 11-jadvalda rentabellikning tahlili haqidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan.