Tasdiqlayman


Populatsiya genofondining o'zgarishiga olib keladigan jarayonlar



Download 2.96 Mb.
Page119/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Populatsiya genofondining o'zgarishiga olib keladigan jarayonlar.
Mutatsiyalar irsiy o'zgaruvchanlikning asosiy manbayidir. Bir necha millionlab individlardan tashkil topgan populatsiyalar genofondidagi har bir gen avlodlarda mutatsiyalarga uchrashi mumkin. Bu mutatsiyalar kombinativ o'zgaruvchanlik tufayli nasldan naslga beriladi. Ko'pchilik mutatsiyalar retsessiv bo'lgani uchun geterozigotalar fenotipida namoyon bo'lmaydi, aksincha yashirin saqlanadi. Mutatsiyalar evolutsion jarayonlar uchun material bo'lib xizmat qiladi.
Mutatsiyalar gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo'linadi. Mutatsiyalarning ko'pchiligi zararli bo'ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf etiladi. Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali bo'lishi mumkin. Bunday mutatsiyalar organizmlarning ko'payishi orqali kelgusi bo'g'inlariga beriladi va nasldan naslga o'tgan sari populatsiya individlarida to'plana boradi. Mutatsion o'zgaruvchanlik uzoq vaqt davomida tabiiy tanlanish natijasida mustahkamlanib boradi va populatsiya genofondini o'zgartiradi. Bu esa evolutsiya tomon qo'yilgan dastlabki qadamdir. Populatsiya genofondining o'zgargan yoki o'zgarmaganligini qanday bilish mumkin? Odatda, populatsiya genofondidagi u yoki bu gen ta'sirida vujudga kelgan belgini turli xil organizmlarni bir necha bo'g'inlarda sanash orqali ularning har bir bo'g'indan takrorlanish miqdori aniqlanadi. Ularning o'zaronisbatini taqqoslash yo'li bilan populatsiya genofondining o'zgargan yoki o'zgarmaganligi haqida mulohaza yuritiladi.
Genlar dreyfi- genetik-avtomatik jarayonlar - bir necha avlodlar davomida gen allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifiy o'zgarishi, ya'ni populatsiyalardagi individlar orasida tasodifiy kombinativ o'zgaruvchanlikning yuzaga kelishidir. Kichik populatsiyada ayrim individlar o'zining genotipidan qat'i nazar, tasodifiy sabablarga ko'ra avlod qoldirishi yoki qoldirmasligi mumkin. Ko'payish davrida hosil bo'ladigan gametalarning hammasi ham zigota hosil qilishda ishtirok etmasligi orqali bu hodisaning mexanizmini tushunish mumkin. Bu esa populatsiyada u yoki bu allellarning uchrash chastotasi (takrorlanish tezligi)ni o'zgartiradi. Tasodifiy ravishda genlar chastotalarining o'zgarishi tufayli ayrim allellarning saqlanib qolishi, boshqasining yo'qolishi ro'y beradi. Genlarning tasodifiy dreyfi natijasida, bir xil sharoitda yashayotgan, genetik jihatdan o'xshash bo'lgan populatsiyalar asta-sekin o'zining ayrim allellarini yo'qotib boradi va populatsiyaning genetik strukturasi o'zgaradi. Genlar dreyfi amerikalik genetik S. Rayt tomonidan o'rganilgan. U bir necha oziqli probirkaga A geni bo'yicha geterozigota bo'lgan ikkitadan erkak va urg'ochi drozofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida kuzatish o'tkazdi. Bir necha bo'g'indan so'ng probirkalardagi drozofilalar tekshirilganda, ba'zi populatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, boshqa populatsiya tarkibida u tamoman uchramasligi, uchinchilarida esa dominant hamda retsessiv allel formalar borligi aniqlandi. Demak, genlar dreyfi populatsiya genofondining o'zgarishiga olib keladi. Genlar dreyfi tabiiy ofatlar (o'rmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunandalarning keng tarqalishi va boshqa hodisalar natijasida populatsiya individlari soni keskin kamayib ketganida aniq namoyon bo'ladi.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page