Geografik alohidalanishdaryolar, tog'lar va boshqa geografik to'siqlarning paydo bo'lishi natijasida populatsiyalar- ning alohidalanishidir.
Ekologik alohidalanish esa bir turning populatsiyalari tur tarqalgan arealning turli qismlarida turli muhitda yashashi natijasida bir-biri bilan chatishmasligiga olib keladi.
Biologik alohidalanish tur ichidagi individlarning jinsiy organlaridagi tafovut- lar, o'simliklarda gulning tuzilishidagi farqlarning yuzaga kelishi natijasida organizmlarning chatishmasligiga olib keladi.
Etiologik alohidalanish hayvonlarning xatti-harakati bilan aloqador. Ba'zi qushlar- ning o'ziga xos sayrashi, urg'ochisini o'ziga jalb qilishi bilan bir-biridan farq qilishi bunga yorqin misoldir.Alohidalanishning turli shakllari uzoq muddat davomida har xil allellarga ega organizmlarning erkin chatishishini bartaraf etadi, ya'ni reproduktiv alohidalanishga olib keladi. Bu esa o'z navbatida alohidalashgan organizm guruhlari bir-biridan farq qilishga, yangi turlarning paydo bo'lishiga olib keladi.
I Savol va topshiriqlar:
Tur deganda nima tushuniladi?
Tur tushunchasini birinchi bo'lib fanga kiritgan olim haqida ma'lumot bering.
Dastlab olimlar tur haqida qanday fikrlar bildirgan?
Tur mezonlari nima?
Turlarni bir-biridan farqlashda turli mezonlardan foydalanish qanday ahamiyatga ega?
Sudraluvchi ayiqtovon qayerllarda uchraydi va uning turlari qanday belgilar asosida farqlanadi?
Tayanch so'zlar: populatsiya, areal, genlar dreyfi, geografik alohidalanish,ekologik alohidalanish, reproduktiv alohidalanish.
Savol va topshiriqlar:
Populatsiya deb nimaga aytiladi?
Populatsiya genofondidagi genlarning tasodifiy o'zgarishi nima deyiladi?
Populatsiya to'lqini nima?
Populatsiya genofondi qaysi jarayonlar natijasida o'zgaradi?
Organizmlarda alohidalanish xillarini aytib bering.