19-Mavzu:Amaliy mashg’ulot 5. Tiriklikning tuzilish darajalarini o’rganish.
Reja:
1.
LABORATORIYA MASHG'ULOTI
Mavzu: Turning morfologik mezonini aniqlash.
Laboratoriya mashg'ulotining maqsadi: ta'lim muassasalari atrofida keng tarqalgan ikki xil tur yoki uning gerbariysi, yoki kolleksiyasidan foydalanib turning morfologik mezoni bilan tanishish, turga xos morfologik belgilarni aniqlay olish, morfologik mezonga ko'ra individlarning bir turga yoki har xil turga mansubligini aniqlash.
Laboratoriya jihozlari:2 ta turga mansub o'simliklarning 3-5 tadan gerbariysi yoki tirik namunalari.
Ishning borishi:
O'simlik namunalarini diqqat bilan o'rganing.
O'simliklarni morfologik mezon asosida turlarga ajrating.
Har bir turga morfologik tavsif bering.
Har bir turga mansub o'simliklarning ildizi, poyasi, bargi, gulkosa, gultojibargi, mevasining shakli va rangiga e'tibor bering.
O'simlik tupidagi gul va mevalar soni, ularning rangi va shakliga ahamiyat bering.
Jadvalni to'ldiring.
Xususiyatlar
|
1-o'simlik turi
|
2-o'simlik turi
|
O'simlik nomi
|
|
|
Sistematikadagi o'rni
|
|
|
Ildiz sistemasi turi
|
|
|
Bargi oddiy yoki murakkab
|
|
|
Bargining tomirlanishi
|
|
|
Bargining poyada joylashuvi
|
|
|
Poyasi o't yoki yog'och
|
|
|
Poyasining fazoda joylashuviga ko'ra turi
|
|
|
Gulqo'rg'oni oddiy yoki murakkab
|
|
|
To'pguli
|
|
|
Mevasi
|
|
|
Nima uchun organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun barcha mezonlardan foydalanish zarur? Nima uchun morfologik mezon turlarni aniqlashda asosiy o'lchov bo'la olmaydi?
Morfologik mezonning nisbiy ekanligiga misollar keltiring.
Kuzatganlaringiz asosida xulosa chiqaring.
20-Mavzu: Hayotning biogeosenoz (ekotizm)darajasini oziga xos jihatlari. Ekologik tizimlarning tarkibiy qismi. Yakuniy nazorat.
Reja:
1.Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab atrof-muhit, o‘simliklar va hayvonot olami, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning sirli tomonlarini o‘rgangan. Ulardan kelgusi hayotda foydalanish yuzasidan dastlabki tajribalarga ega bo‘la boshlagan. Dastlab tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha alohida ma’lumotlar to‘plangan. Shu tariqa inson tafakkuri rivojlangan, mantiqiy fikr yuritish orqali tabiatdagi hayotning mohiyati, o‘simliklar va hayvonlar hayotidagi mavsumiy moslanishlar, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni tushunish imkoniyati yuzaga kelgan.
Odamning tabiat va uning tarkibiy qismlariga bo‘lgan munosabati va tabiatdagi hodisa, jarayonlarning mohiyatini o‘rganishi ilmiy bilishning asosini tashkil qilgan. Ilmiy bilish inson tafakkurining oliy darajasi bo‘lib, ilmiy yangiliklar, kashfiyotlar avval ma’lum bo‘lmagan o‘simliklar va
hayvonlarning tuzilishi hayotiy jarayonlar, qonunlar va qonuniyatlarni yaratishga yo‘nalgan bo‘ladi. Shu tariqa inson o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni o‘rganishi natijasida yerda yashaydigan organizmlar, ularning hayotiga ta’sir qiladigan omillar haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar yuzaga kelgan.
Antik davrda ilmiy bilimlarning birinchi shakli tabiat falsafasi edi. Tabiat falsafasining obyekti tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganish sanalgan. Tabiat falsafasi tabiat haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, XVI–XVII asrlarda tirik va anorganik tabiat haqidagi mustaqil fan – tabiiyotshunoslikning shakllanishiga imkon yaratdi. Tabiiyotshunoslik fani negizida o‘rganish obyekti, maxsus tadqiqot metodlariga ko‘ra fanlarning ixtisoslashishi vujudga keldi.
Biologiyaning o‘rganish obyektlari tabiatning tirik materiyasi yoki organizmlardir. Biologiya tirik materiyaning tuzilishi, ularning hayot faoliyati, anorganik tabiat bilan o‘zaro aloqasini o‘rganadi.
Share with your friends: |