Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
O‘qituvchi
|
O‘quvchi
|
I-bosqich. Mavzuga kirish
(5 minut)
|
Tashkiliy boshlanish.1.1. O‘quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2.Ma’naviyat daqiqasi.
|
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
|
II-bosqich. Asosiy
(65 minut)
|
Tayanch bilimini faollashtirish.
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. (1-ilova)
1.2. Mavzuning nomi, maqsadi, rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulot natijalari va uni o‘tkazish rejasi bilan tanishtiradi.
O‘quvchilarning bilimlarini suhbat asosida savollar orqali dolzarblashtirib, jonlantiradi.(2-ilova)
Ma’ruzaning mavzusini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va vazifalarini tushuntiradi.
Yangi o‘quv material bayoni
2.2.Reja asosida mavzuni bayon qiladi. O‘quvchilarga yo‘naltiruvchi savollar berish orqali (3-ilova), ushbu muammo ichidagi muammolarni keltirib chiqaradi. Muammoli savollar orqali o‘quvchilarni bu muammo echimini topishga undaydi.
2.3. O‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirib, G.Mendel kashfiyotining yaratilishidan ancha avval sun'iy duragaylash usuli qo'llanila boshlagan, belgilarning dominantlik xususiyatlari kashf etilgan bo'lsa ham, irsiyat qonunlari aynan shu olim tomonidan yaratilganligini slaydlar yordamida tushuntiradi.
|
Uyga vazifani taqdim qilafilar
Savollarga javob beradi.
Muhokama qiladilar, g‘oyalar bilan chiqadilar.
bahs-munozara yuritadilar,
Tinglaydilar. Yozadilar.
|
2.4. K. Linney va J. B. Lamarklarning sistematikasini yoritib beradi. O‘quvchilarga:
«K. Linney va J. B. Lamarklarning sistematikasidagi o‘xshashlik va farq nimada?» - deb savol bilan murojaat qilib, T-sxemani to‘ldirishni so‘raydi (4-ilova).
|
Tinglaydilar, yozadilar.
T-sxemani to‘ldiradilar.
|
2.5. Berilgan topshiriq yuzasidan blits-so‘rov o‘tkazadi va mavzuga yakuniy xulosa chiqaradi.(5-ilova)
|
Javoblarni o‘qib beradi.
|
III-bosqich.
Yakuniy.
(10 min.)
|
3.1. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari baholanadi.
|
savollar beradi.
|
3.2. Kelgusi mashg‘ulotga topshiriq beradi: O‘quv loyiha taqdimotiga tayyorlanib kelish.
|
Topshiriqni yozib oladilar.
|