2-ilova
“O’ylang juftlikda ishlang –fikr almashing”tеxnikasining qoidasi. 1.Savolni diqqat bilan tinglang.
2.Javobingizni yaxshilab o’ylab ko’ring.
3.Yoningizdagi shеrigingiz bilan fikr almashing va javoblarni umumlashtirib ishlab chiqishga harakat qiling.
4. 30 soniya davomida ikkingizdan biringiz kеlishgan holda savolga qisqa va lo’nda javob bеring.
3-ilova
Yangi o‘quv ma’lumotning slaydli taqdimoti.
Biogeotsenologiya – biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi.
Evolutsion ekologiya – sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan vahozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanib qadimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta yaratish)ga harakat qiladi.
Mikroevolyutsiya - tur doirasida ro’y bеradigan evolyutsion jarayonlardir. Bunda evolyutsiyaning boshlang’ich matеrialini – mutatsiya, kombinativ o’zgaruvchanlik, evolyutsiyaning boshlang’ich biriligi –populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich xodisasi –mutatsion jarayon, evolyutsiyaning boshlang’ich omillari – alohidalanish, migratsiya, populyatsiya to’lqini, gеnlar drеyfi, tabiiy tanlanish muhim rol o’ynaydi.