1.1.Kurs loyihasining dolzarbligi va ahamiyati
Insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish уo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiynazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitartexnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatning taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning xavfsizligi sog’lig’ini saqlash, ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham korxonalarda mahsulot yetishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb-kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo’qotish, shuningdek ish faoliyatini inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiriuvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
Konstitutsiyaning IX bob 37-moddasida: – “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyiladi [2]. Demak, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari adolatli mehnat sharoitlarida ishlashdek konstitutsiyaviy huquqga ega.
Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini attestatsiya qilishning asosiy maqsadi fuqarolarning yuqorida keltirilgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, ya’ni ularning sanitariya-gigiyena talablariga javob beruvchi (adolatli) mehnat sharoitlarida ishlashlarini ta’minlashdir.O’zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya-gigiyena qoidalari bilan beliglab qo’yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qlingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda.
Ilm va fanning, texnika va texnologiyaning hozirgi taraqqiyoti darajasida ishlab chiqarishda to’la zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini amalda yaratishning imkoniyati mavjud emas. Shu sababli mehnatni muhofaza qilishning vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan, ishchilar shikastlanishining oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay ish sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish jarayonida inson turli xil xavf-xatarlarga duchor boʻladi. Ular odatda maʻlum bir sharoitlarni belgilaydi va inson salomatligiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazishi mumkin boʻlgan hodisalar, jarayonlar, obʻektlar sifatida tushuniladi, yaʻni turli noxush oqibatlarga olib keladi
Share with your friends: |