1.2.Kurs loyihasining maqsadi va vazifalari
Mamlakatning har bir fuqarosi o’zi yashab turgan jamiyatni shakllantirishdagi, rivojlantirishdagi, ishlab chiqarishda ishlashdagi va uni boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Demak, har bir davlatning asosiy boyligi uning fuqarolaridir, shu jumladan aholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlardir. Shu sababli fuqarolarning mehnat xavfsizligini ta’minlash va sog’lig’ini saqlash jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti yo’lidagi muhim omil hisoblanadi.
Fuqarolar hayoti va mehnati xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo’lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va barqarorligiga, kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga bog’liq. Davlat uchun kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlar zahirasi esa yoshlardir, ularning olgan ta’lim va tarbiyasi, o’z mutahassisliklari bo’yicha egallagan bilimi va uquvi darajasidir.
Inson faoliyatining eng qadimiy sohasi bo’lgan to’qimachilik, tikuv-trikotaj yo’nalishi asosan xotin-qizlar mehnatiga asoslangan bo’lib, ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlariga qarab mehnat sharoitlarining noqulayligi (ishlab chiqarish changi, namligi, texnologik jarayonda qo’llaniladigan turli kimyoviy moddalar hamda dastgoh va asbob uskunalar xavfliligi, ishning monotonligi va boshqa) bilan bog’liq.
Bu esa xotin-qizlar mehnatidan foydalanishda ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik va tashkiliy usullari mehnat xavfsizligi masalalariga eʼtiborni kuchaytirishni talab qiladi. Ular mehnatni muhofaza qilish bo’yicha meʼyoriy talablarini o’z ichiga olgan amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish qilish to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan xodimlar uchun xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarni taʼminlash bo’yicha ish beruvchilarga bir qancha vazifalar yuklatilgan. Bu esa korxonada mehnatni muhofaza qilishni boshqarishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va qo’llashni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda mehnat jarayonida insonning xavfsizligi, hayoti va sog’lig’i, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlash borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy to’rtta vakolatlarni amalga oshirish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga o’tkazib berilishi, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha davlat va jamoat nazorati kuchaytirishi borasidagi barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar eng avvalo korxona va tashkilotlarda, ish o’rinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan.
Share with your friends: |