Transport va logistika


Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish



Download 211.09 Kb.
Page7/11
Date04.12.2023
Size211.09 Kb.
#62808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OZODBEK
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish
DASTURI

T/r

Normativ hujjatning nomi

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tarmoqlararo normativlar

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi

1.

Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni surishtirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom

2023-yil IV chorak

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi

2.

Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to‘g‘risida nizom

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

II. Tarmoqlar va ishlab chiqarishlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari

3.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mehnatni muhofaza qilish qoidalari:

3.1

to‘qimachilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun

2023-yil IV chorak

“O‘zbekyengilsanoat” DAK

3.2

trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun

2023-yil IV chorak

“O‘zbekyengilsanoat” DAK

3.3

elektromagnit maydoni, UVCh, SVCh (nurlantiruvchi qurilmali generatorlar) manbalari bilan ishlashda (sinash, tekshirish, attestatsiya, xizmat ko‘rsatishda)

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

3.4

zaharli gazlarni qo‘llagan holda gazoanalizatorlarni tekshirish, attestatsiya qilish bilan bog‘liq ishlarda

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

3.5

oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatsiya sinovidan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarda

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

3.6

ionlovchi nurlantirish manbalarini va radioaktiv moddalarni qo‘llagan holda ionlovchi nurlantirishni o‘lchash vositalarini attestatsiya qilish, tekshirish, sinash bilan bog‘liq ishlarda

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

3.7

past voltli apparatlar, elektr-texnik qurilmalar va murakkab maishiy texnikani sertifikatsiya sinovidan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarda

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

3.8

turarjoy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal ta’mirlashda

2023-yil IV chorak

“O‘zkommunxizmat” agentligi

3.9

ichki ishlab chiqarish transportidan foydalanishda

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

3.10

avtomobil transportida yo‘lovchilar tashishda

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

3.11

avtomobillarni ta’mirlash korxonalari xodimlari uchun

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

3.12

avtomobil transporti xodimlari uchun

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtoyo‘l” DAK, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

3.13

nashriyotlar va tahririyatlar xodimlari uchun

2023-yil IV chorak

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

3.14

metallarga kimyoviy ishlov berish va ularga galvanik va kimyoviy qoplamalar surtishda

2023-yil IV chorak

“O‘zavtosanoat” AK

2.3. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi davlat idoralari amalga oshiradilar.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asos hisoblanadi [4,6].
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari saylaydigan vakillar amalga oshiradilar.Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan vakil ish joylarida mehnat muhofazasining ahvolini moneliksiz tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakilga o‘z vazifalarini bajarishi uchun har haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt ajratib beriladi va o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar.Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar.Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar.Xodimlarning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o‘z tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan korxonalar iste’molchilarga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar, qoidalar va me’yorlarning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ‘ib qilish g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda budjetga musodara qilinishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Mansabdor shaxslar mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun uning rioya etilishida mas’ul bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar[11].
Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan xodimga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi hamda sog‘liqqa yetkazilgan shikast uchun tovon to‘laydi.
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi lozim.
Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo‘lsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog‘liq harajatlarni to‘laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini o‘zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi.



Download 211.09 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page