Transport va logistika


Kurs loyihasining maqsadi



Download 211.09 Kb.
Page4/11
Date04.12.2023
Size211.09 Kb.
#62808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OZODBEK
Kurs loyihasining maqsadi Ishlab chiqarishda vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni ko’rishdan, ishchining shikastlanishi oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
Kurs loyihasining vazifalari quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarni identifikatsiyalash, ya’ni ularning sonli xarakteristikalarini va tavsiflarini aniqlash;
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish prinsiplari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;
-mehnat xavfsizligi sharoitlarini insonning fiziologik va psixologik holati ko’rsatkichlariga bog’liq holda tahlil qilish va tadbirlar ishlab chiqish;
-ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish ;
-ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining iqtisodiy oqibatlarini tahlil qilish;
-zararsiz ish sharoitini ta’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari va uslublarini ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar uchun qulay sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish, og’ir jismoniy kuch sarflanadigan mehnat turlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, ish jarayonida yuzaga keladigan salbiy xavf-xatarlarni yo’qotish chora-tadbirlarini amalga oshirish inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning bir qirrasini tashkil etadi. Oxirgi yillarda ko’pgina ishlab chiqarish tarmoqlarida ish sharoitlari yaxshilangan bo’lsa-da, ayrim sohalarda bunday sharoitlar talab darajasida emas. Bunga sabab ishlab chiqarish dastgohlarining eskirganligi, ishlab chiqarish muhiti talablarining buzilishi, xavfsizlik vositalarining kamligi yoki yo’qligidir. Shuning uchun ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz sog’lom mehnat sharoitini yaratish ish jarayonini qulaylashtirish, mehnatni ilmiy tarafdan tashkil etish, xavfsiz mehnat uslublarini qo’llash, mehnat charchoqliklarini chiqarish tadbirlarini qo’llashni talab etadi.


Download 211.09 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page