Transport va logistika


Mehnatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni tashkil qilish



Download 211.09 Kb.
Page8/11
Date04.12.2023
Size211.09 Kb.
#62808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OZODBEK
2.4. Mehnatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni tashkil qilish.
Mehnat muhofazasi qonunchiligi-mehnat qilish va dam olishning huquqiy qoidalarini o‘z ichiga oladi, hamda ularni himoya qilishni kafolatlaydi.
Xavfsizlik texnikasi-ish oluvchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta’sir etishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimini o‘rgatadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi-ish oluvchilarga ishlab chiqarishdagi zararli omillarning ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy, gigienikaviy va sanitariya, texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir.
Yong‘inni oldini olish- ishlovchilarni yong‘in va portlashdan himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar yigindisidan tashkil topgandir.
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 22 sentyabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonunida belgilanishicha “Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi”. Qonunda, shuningdek, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnikaviy, tibbiy va boshqa tadbirlar belgilangan.
Yuqoridagilardan tushuniladiki, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlash uchun mehnat muhofazasining keng ma’nodagi tushunchasiga tayanmoq lozim. Mehnatni muhofaza qilishning birorta tarkibiy qismi etarli bo‘lmasa, umuman mehnat muhofazasini to‘liq ta’minlab bo‘lmaydi.
Shuningdek, mehnat muhofazasi deganda mehnat huquqining turli bo‘limlariga taalluqli huquq normalari yig‘indisi tushuniladi. Bular jumlasiga ishga qabul qilishdan asossiz bosh tortishni taqiqlovchi, asossiz xodimlarni ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazishni cheklovchi hamda boshqa ko‘plab qulay mehnat sharoitlari yaratilishiga qaratilgan yo‘nalishlar kiradi.
Tor ma’noda esa mehnat muhofazasi deganda xodimlarning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratib berishga xizmat qiluvchi huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi. Shuningdek, mehnat muhofazasi xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlari yaratish bilan birga, ishlab chiqarish uchastkalarida texnikaviy, sanitariya-gigiena sharoitlarini ta’minlash maqsadida belgilangan standartlar va normativlarning ishlab chiqilishi va ularga amal qilishni ta’minlashga oid iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
Mehnat huquqi institutining asosiy tamoyillaridan biri – mehnat muhofazasini ta’minlash tamoyili, shuningdek xodimning mehnat muhofazasiga nisbatan sub’ektiv huquqi sifatida ham qaraladi. Aniqroq aytganda, har bir xodim xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlariga ega bo‘lishi va ish beruvchidan ana shunday sharoitlarni ta’minlashni talab qilishga haqlidir.[1]
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy manbai O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining “Mehnatni muhofaza qilish” bobi (211-223-moddalar) va boshqa qoidalar, O‘zbekiston hukumatining mehnatni muhofaza qilishga oid qarorlari, vazirliklar va idoralarning ishlab chiqarishdagi texnika xavfsizligi, sanitariya hamda gigienaga, profilaktikaga oid yo‘riqnomalar, standartlar, texnikaviy shartlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, korxona va tashkilotlarning bevosita o‘zida ishlab chiqilgan, ish beruvchilar hamda xodimlar vakillik organlari bilan o‘zaro kelishib tasdiqlagan mehnatni muhofaza qilishga oid me’yoriy hujjatlar hisoblanadi.
O‘zbekistonning davlatlararo ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalari, O‘zbekiston ishtirok etgan yoki tan olgan xalqaro shartnomalar ham mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning muhim manbalaridan hisoblanadi.
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’i nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
Fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnatini muhofaza qilishga qaratilgan mazkur qonunning 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatni muhofaza qilinishi huquqiga ega ekani ko‘rsatilgan.
Mazkur qonun ishlab chiqarish sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’min etishda juda katta ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, qonun:
1.Mehnatkashlarning mehnat muhofazasiga oid huquqlarni ta’minlaydi;
2.O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat muhofazasiga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning yagona tartibini belgilab beradi;
3.Xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga huquqiy asos yaratadi.
Mehnat qonunchiligi borasida qabul qilingan qonunlar orasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni alohida o‘rin tutadi. Mazkur qonunning asosiy vazifasi:
1.Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlarning davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
2.Fuqarolar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
3.Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat.
Shuningdek, bu borada boshqa qonun hujjatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlar, boshqa davlat organlari hujjatlari, jamoat shartnomasi hamda kelishuvlari tadbiq etiladi.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlari keng doirada qo‘llanishi bilan farq qiladi.
Mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini ham o‘z ichiga oladi. Texnika xavfsizligi deganda ishlab chiqarishni zararli omillari ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish sanitariyasi deganda, ishlab chiqarishning zararli ta’sirlarining oldini olishga yoki ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi tushuniladi.
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida- Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘z aksini topgan bo‘lib, unga ko‘ra:
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki mehnat muhofazasi bo‘yicha tasdiqlangan xalqaro me’yorlar milliy qonunchilikda o‘z aksini topadi.Mehnat muhofazasiga oid qonunlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxona va tashkilotlarga, kooperativlar, dehqon-fermer xo‘jaliklarida yollanib ishlayotgan yoki a’zo bo‘lgan holda mehnat qilayotgan barcha fuqarolarga, ishlab chiqarish amaliyoti davrida korxonalarga jalb etilgan o‘quvchilar va talabalarga, korxonadagi ishlarga jalb etilgan harbiy xizmatchilarga, muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga, shuningdek davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladigan boshqa ishlarga jalb etilgan barcha fuqarolar mehnatini muhofazalashga nisbatan tadbiq etiladi.
Mehnat Kodeksining 211-moddasiga ko‘ra, mehnat muhofazasi mehnat munosabatlarining muhim tarkibiy elementi hisoblanib, undan ish beruvchi uchun ham, xodim uchun ham muhim huquqlar va majburiyatlar vujudga keladi.
Mehnat Kodeksining 212-moddasida mehnat muhofazasi yuzasidan xodimlarning majburiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lib unga ko‘ra: - “Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga, shuningdek ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy vositalardan foydalanishi, insonlar hayoti va sog‘ligiga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o‘zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig‘i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart”.
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga qat’iy amal qilish xodimning burchi bo‘lib, unga rioya etmaslik intizomiy javobgarlikka va intizomiy jazo qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishini tekshirib borish va zarur shart-sharoitlari bilan ta’minlash ish beruvchining majburiyatlari sirasiga kiradi.
Korxonalarda mehnat muhofazasiga oid ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish, bu sohani ish beruvchi tomonidan boshqarish korxonalarning xo‘jalik mustaqilligi bilan uyg‘un holda olib borishiga asoslanadi.
Mehnatni muhofaza qilish rejalari muayyan tarmoq mintaqada sog‘lomlashtirish, mehnat sharoitlarini takomillashtirishning tarkibiy qismidir.
Mehnatni muhofaza qilish ishlari korxona loyihalanishi, qurilish va foydalanishiga topshirilishidan boshlab, ishlab chiqarish jarayoni davomida ham uzluksiz amalga oshirilib boriladi.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 19-moddasida ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta’mirlash chog‘ida mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni ta’minlash.
Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan profilaktik choralar jumlasiga yuqoridagilardan tashqari, korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari bo‘lishi lozimligi haqidagi, mehnatni muhofaza qilishga oid yo‘riqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishi, xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishlari va bu vositalardan foydalanish xodim uchun majburiy ekanligi, zararli ishlab chiqarish sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarning kasallikka chalinishlarining oldini olish maqsadida belgilangan me’yorlarga muvofiq profilaktik oziq-ovqat mahsulotlari, sho‘r suv, sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlanishlari, ayrim toifaga mansub yoki zararli mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarni ishga qabul qilish paytida hamda ish davomida vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turish lozimligi, sog‘ligi holatiga ko‘ra xodimlarni engilroq ishga o‘tkazib turilishi kabi tadbirlar ham kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish maqsadlari uchun davlat mablag‘lari ajratiladi hamda ulardan to‘liq va maqsadga muvofiq foydalanilishi davlat hamda jamoatchilik yo‘li bilan nazorat qilinadi. Korxona tomonidan mehnatni muhofaza qilish uchun ajratilgan mablag‘lardan to‘liq yoki maqsadga muvofiq foydalanmaslik davlat va moliya intizomini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Korxonalarda xodimlar ish beruvchilar hisobidan baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklariga chalinishdan majburiy sug‘urta qilib qo‘yiladi. Mehnat muhofazasiga oid umumiy va maxsus qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunida, “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida, O‘zbekiston Respublikasining “Sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunida va boshqa qonunlarda hamda ular asosida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan.
Xodimlarning ayrim toifalariga mansub bo‘lgan shaxslarning (ayollar, o‘smirlar va boshqalar) mehnatni muhofaza qilish masalalari ularga doir bo‘lgan maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat sharoitining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga - ya’ni mehnatkashlarning sog‘lig‘ini yaxshilash, o‘z ishidan mamnunlik darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoatchilik faoliyatini oshirishga olib keladi.
Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilinmasligi kerak. SHuningdek mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biror sex yoki korxona ishga tushirilmasligi kerak.



Download 211.09 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page