Qirqim 1-1
219-rasm.
217-rasm.
218-rasm. 220-rasm.
b) qirqimga kiruvchi tashqi ichki devor, pardevor konturlari, shuningdek qavatlararo va chordoq yopmalrining hamda tom o‘rkachi balandliklari ingichka chiziqlar bilan chiziladi (218-rasm).
v) Tashqi va ichki devorlarda hamda pardevorlarda deraza va eshik o‘rinlari va shuningdek kesuvchi tekislik orasida joylashgan ko‘rinadigan eshik o‘rinlari va boshqa elementlar belgilanadi, o‘lchamlar va chiqarish chiziqlari, reja o‘qlari markalash doirachalari va balandlik belgilari qo‘yish ishoralari chiziladi (219-rasm)
g) kesimlar batomom ustidan yurgizib chiqiladi, balandlik belgilari va o‘lchamlar ko‘rsatiladi; ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi (220-rasm). Konstruktiv qirqimlar ham shu tartibda chiziladi. Kesim joylari, konstruksiya elementlari, tasvirlari va materialning grafikaviy belgilari bilan to‘ldiriladi.
Z ina bo‘yicha qirqimni yasash. Zina joylashgan xona uzunligi 5610 mm, eni 2200 mm, marsh eni 1000 mm, marshlar orasidagi oraliq rejada – 200 mm, qavatlar balandligi 3000 mm ga teng qilib olingan. Zinapoya pog‘onaosti 150 mm bo‘lganda har bir marshda 10 ta (1500:150) pag‘onaosti bo‘lishi lozim (221-rasm).
Zinapoyaning vertikal tekisligini pog‘onaosti, gorizontal tekisligini esa bosqich deyiladi. Bitta zinapoya bosqichining eni 300 mm bo‘lsa, 9 bosqich 2700 mm bo‘ladi.
Dastlabki hisoblardan keyin qirqimni yasashga kirishiladi. Reja o‘qlar o‘tkaziladi, devorlar chiziladi, zina maydonchalari sathlari gorizontal chiziqlar bilan belgilanadi. Ayni berilgan o‘lchamlar ortiga kataklar chiziladi va bu kataklar bo‘yicha zina qirqimi bajariladi. Qirqilgan elementlar yo‘g‘onlashtirilib chiqiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, zina bo‘yicha qirqim tekisligi har doim kuzatuvchiga yaqin joylashgan marsh bo‘yicha o‘tkaziladi.
Zina marshlari va maydonchalarini montaj qilishda zina bo‘yicha qirqim va alohida tugunlarning barcha detallari bilan birga yirik masshtabdagi tasvirlaridan foydalaniladi.
Share with your friends: |