Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page9/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156
5 синф тарих
DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy
Ishlar

Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash

og‘zaki
muloqot

3
Daqiqa




II.

Dars
mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.

tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12
Daqiqa

IV.

Dars
yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5
Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi


I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
Muqanna qo‘zg‘olonining sabablari. Vatanimizning qulay va go'zal ' tabiiy iqlim sharoiti, behisob boyliklari arablarning ham diqqat-e’ tiborini o'ziga tortgan. Shuning uchun ham ular dastlab Vatanimizning turli hududlariga talonchilik yurishlari uyushtirib turishgan.
Nihoyat, ular Vatanimizni butunlay bosib olishga kirishganlar. Bu bosqinchilik yurishiga tajribali arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim rahbarlik qilgan. Bosqinchilik yurishi boshlanishi arafasida Vatanimizda yagona qudratli davlat yo'q edi. Bu esa arab bosqinchilari uchun juda qo'l kelgan. Shunday bo'lsa- da, ajdodlarimiz bosqinchilarga qattiq qarshilik ko'rsatganlar. Biroq qudratli lashkarga ega bo'lgan arablar 715-yilda yurtimizdao'z hukmronligini o'rnat- ganlar.
Arablar Movarounnahr aholisigajabr-zulmni o'tkaza boshlaganlar. Chunonchi, ular mahalliy aholidan olinadigan soliqlar miqdorini oshirganlar. Bu ham yetmaganidek, eng yaxshi yerlar ko'chirib kelingan arablarga olib berilgan. Yurtimiz boyliklari talangan.
Ayni paytda o'zlarini taraqqiyotda ulardan oldinda bo'lgan mahalliy aholidan ustun qo'yganlar. Ularni nazar-pisand qilmaganlar. Bu adolatsizliklar vao'tkazgan jabr-zulmlari mahalliy aholida keskin norozilik uyg'otgan. Bular oxir-oqibat 769-yilda Muqanna boshchiligida qo'zg'olon boshlanishiga olib kelgan.
Qo’zg’alonning natijasi. Muqannaning asl ismi Hoshim ibn Hakim edi. U doim yuzini niqob bilan bekitib yurgan. Qo'zg'olonchilar arablardan ajralib turish uchun oq kiyim kiyib olganlar. Shuning uchun bu qo'zg'olon tarixda «Oq kiyimlilar qo'zg'oloni» deb ham ataladi.
783-yilgacha davom etgan bu qo'zg'olon arab bosqinchilarini tahlikaga solib qo'ygan. Ular qo'zg 'olonni bostirish uchun barcha choralarni ko'rdilar. Shunga qaramay qo'zg'olonchilar juda qattiq qarshilik ko'rsatganlar. Biroq kuchlar teng emas edi.
Bu esa arablarga qo’zg’olonchilarni birin-ketin mag ‘ lubiy atga uchratish imkonini bergan. Nihoyat, arablar Qashqadaryo vohasiga bostirib kirganlar. Bu yerda qo^zg^olonchilarning asosiy tayanchi bolgan Som qal’asini qamal qilganlar va uni egallaganlar.
Shu tariqa Muqanna qo‘zg‘oloni mag‘lubiy atga uchragan. Chorasiz qolgan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirdagi olovga otib qahramonlarcha halok bo‘lgan. Arab bosqinchilari yaxshi harbiy ta’lim olgan doimiy lashkarga ega bo‘lganligi uchun g‘alaba qozonganlar.
Lashkar davlat tomonidan barcha zarur narsalar bilan o‘z vaqtida ta’minlab turilgan. Muqanna lashkari davlat lashkari emas edi. Binobarin, lashkar maxsus harbiy ta’lim ko‘rmagan edi.
Muqannaqo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa-da, uarablarbosqinchiligining ildizlariga bolta urgan.
Ayni paytda bu qo‘zg‘olon xalq kuch-qudrati uning mustahkam birligida ekanligini hamko‘rsatgan.


V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.

  1. Vatanimiz qaysi jihatlari bilan arablar e'tiborini o'ziga tortgan edi?

  2. Muqanna qo‘zg‘olonining sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  3. Muqanna qo‘zg‘oloni nima uchun mag'lubiyatga uchragan edi?

  4. Muqanna qo‘zg‘olonining ahamiyati nimalardan iborat bo'lgan?

.

5 Uyga Vazifa


Keyingi mavzu bilan tanishib kelish



Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page