Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Download 347.46 Kb.
Page22/62
Date15.02.2024
Size347.46 Kb.
#63511
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
ШНК 2 08 02 09 ЖАМОАТ БИНОЛАРИ ВА ИНШООТЛАРИ (1)
QIZIQMACHOQLAR. Allalar, ovutmachoqlar vazifasi tugallana boshlagach, ota-onalar va bolalar o’rtasidagi ma’naviy aloqada qiziqmachoqlar etakchi o’ringa chiqadi. «Beshik davri oxirlarida oyinning ahamiyati tobora osha boradi, u ovutmachoqlarni qisib qoyadi va bola jismoniy rivojlanishini belgilay boshlaydi. Ovutmachoqlar joniga tegadi, bolaning ma’naviy kamoloti yangi oziq talab qilishga kirishadi. Bola miyasi barcha ko’rgan va eshitganlarini tizimga sola boshlaydi, o’zi uchun har kuni yangilik kashf eta boradi. Bola harakatlari hali o’zi yashayotgan uy devorlari ichkarisida kechayotganidan tashqi olam bilan munosabati – tug’ishganlari va yaqinlari bilan munosabati, bola hali tengqurlaridan iborat jamoaga singmaganligi va o’z hayoti-uyini» olamini topa olmagani sababli g’oyat cheklangan bo’ladi. Undagi bu ma’naviy cheklanganlikni engishda fantaziya ko’makka keladi. Xalq juda qadim zamonlardayoq boy fantaziya bola aqliy o’sishining asosiy ko’rsatkichi ekanligini ilg’agan va bolalar fantaziyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi qiziqmachoqlarni ijod qila boshlagan». Chindan ham qiziqmachoqlar bolalar ehtiyojlariga mos va tushunishlariga g’oyat qulay bo’lib, xalq pedagogikasida uni boshqa biror janr almashtira olmaydi. Qolaversa, qiziqmachoqlar beshik davrining intiho topishidan keyin bola yosh psixologiyasiga mos bo’lib, qiziqchilik qo’shiqlari va oyin naqarotlari matnlari negizida yuzaga kelgan, biroq bolalargagina yaqin va tushunarli obrazlarni olib shakllangan.
Qiziqmachoqlar tushuncha va tasavvurlarning o’zaro qorishuvi tufayli hosil bo’lgan fantastik obrazlilik va voqeabandlik negizida qurilgan. Bu hol undagi syujetga tasodifiylik xususiyatini baxsh etgan.Xuddi shu vaziyatlarni yuzaga chiqarsa, voqealar oqimiga shiddat bag’ishlagan. Shu zaylda qiziqmachoqlarda qiziqarlilikni ta’minlovchi hazil, mutoyiba, quvnoq yumor bo’rtib turuvchi xususiyatga aylangan. Kulgu vositasida qabul qilingan har qanaqa axborotni bola engil, tez va qiynalmay idrok etadi. Bu, o’z navbatida, uning ma’naviy olamini tobora kengaytira borgan.
Qiziqmachoqlarda obrazlar shaklan va hajman yoxud hajman va mohiyatan o’zaro nomutanosiblikda namoyon bo’lish oqibatida kulgu qo’zg’atils-da, aslida bu nomutanosiblik bola anglagan haqiqatlarni nohaqiqatga aylantirish, aniqrog’i, soxtalashtirish asosidagi tazodda voqe bo’ladi. Bunda bola anglayotgan haqiqatlarga nisbatan ishonch tug’dirish va shu ishonchni mustahkamlash ko’zlanadi. «Ola tog’ning boshida ne ko’rding?» satri bilan boshlanuvchi qiziqmachoqda shunday nomutanosiblik voqea bayonida g’alati mantiqsizlikni yuzaga keltirganligiga amin bo’lasiz:
Xo’sh, matnda mantiqsizliklar nimalarda ko’rinadi? Beshqaldoqning beshik va qashqaldoqning qoshiq yo’nishida; qurbaqaning qur’on o’qishiyu, toshbaqaning tariq yozishida; katta-katta baliqlarning bola bosishiyu, kichik-kichik baliqlarning kindik kesib yotishida; nihoyat, zochakning yupqa yozayotganida. Aslida bu xatti-harakatlarning birortasi ham hayot mantig’iga mos kelmaydi. Buni hazilomiz engil qarg’ishlar (beting qurg’ur, qoshing qurg’ur, er yutkur), birini ikkinchisidan farqlashga qaratilgan ovozlar (qurbaqalarning qurillashi, toshbaqalarning tarillashi), hajmiy nomutanosiblik negizidagi tazodlar (katta-katta va kichik-kichik baliqlar) yanada yorqinroq ta’kidlab turibdi. Xilma-xil tovushlar allitericiyasidagi tovlanishlar esa o’sha mantiqsizliklarning asl mohiyatini–hayotiy ko’rinishlari qanday bo’lsa, o’sha holatida idrok qilishga, aniqrog’i, anglangan yoki anglanayotgan haqiqatlarga ishonish istagini kuchaytiruvchi vositaga aylangan. Zotan, allitiraciya «q» tovushi negizida zohir bo’lgan. Bunda «oq» so’zining anaforistik takrori asos vazifasini o’tagan. Aslida oq rangida inson bolasini e’zozlash ma’nosi ustuvor. «Oq yuvib oq tarash» iborasida shu ma’no jamuljam. Binobarin, «oq» rangi beshikka ham, bolaga ham, hatto piyolaga ham epitet bo’lib kelavergan. Biroq beshik va bolaga nisbatan obrazlilikni kuchaytirgan esa-da, piyolaga nisbatan uning asl rangini ifodalashga xizmat qilgan. «q» tovushi alliteraciyasining butun qiziqmachoq davomida etakchi ohangga aylanishi mustahkam ritmik oqimni ta’minlagan.
To’g’ri, alliteratsion ohang goh-goh «b» va «t» tovushlariga ko’chib tursa-da, biroq bosh alliteracion ohangga omuxtalashtirilgan, uni xilma-xil tovlantirgan, jozibasini oshirgan. Chindan ham bunday «mantiqsizlik» yaxlit tizimga aylangan, undagi voqealar oqimida ideal tartib saqlangan. Shu sababli bolalarni «ag’dar-to’ntar qilingan bunday olam» qiziqtiradi, bu ularning aqliy o’suvi va idroki imkoniyatlarini kengaytiradi,chunki «bolalarning o’zlarida real dunyoni boshqarayotgan qonunlarda yanada mustahkamroq qaror topish uchun ana shunday «ag’dar-to’ntar qilingan olam» yaratish istagi mavjud». Qiziqmachoqlarga xos bunday xususiyatni G’afur G’ulom ham g’oyat teran anglab etgan, shu bois «Kekkaymachoq Sobirjon» she’rida qahramonning o’z-o’zini fosh etishi vositasi sifatida ijodiy foydalana olgan. Sobirjon nutqidagi «ag’dar-to’ntar qilingan olam» bilan o’zingiz tanishib ko’ring:
Bolalar yuqorida eslatilgan har bir hayvon shaklu shamoyilini, xususiyatlarini yaxshi bilganliklari uchun Sobirjon nutqidagi nohaqiqatlarni his qilib turadilar va o’zlari idrok qilgan haqiqatning chinligiga ishonadilar. Bu mantiqsizliklar bolalar uchun «narsa va hodisalarning asl ko’rinishlarini, o’zaro real munosabatlarini bekitgandagina xavfli bo’lar edi. Lekin ular buni nafaqat yashirmaydi, aksincha, olg’a suradi, bo’rttirib ko’rsatadi, tahkidlaydi. Bular bolalarda borliqni sezish» tuyg’usini kuchaytiradi.
Qiziqmachoqlar ijodkorligi va ijrochiligida kattalar (ota-onalar) topqir ijodkor va ijrochi sifatida ko’rinsalarda, bolalar ham shunchaki tinglovchi bo’libgina qolmaydilar. Bolalar xuddi shu tinglaganlarini anglashga, tasavvur va idrok qilishga, shular zamirida hayot va oyindan iborat o’z olamlarini yaratishga, tushunchalarda ifodalangan hayot mazmunini uqib olishga, ulardan zavqlanishga intiluvchi harakatdagi kuch sifatida faollik ko’rsatadilar. Bu hol ularda ruhiy faoliyatning faollashuvi zamirida ongning uyg’onishiga, dunyoqarashning kurtak yoza boshlashiga yo’l ochadi.

Download 347.46 Kb.

Share with your friends:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page