Mavzu: ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari mundarija: kirish i-bob. MASOFAVIY ta’lim texnologiyalari asoslari



Download 230.5 Kb.
Page3/10
Date10.05.2022
Size230.5 Kb.
#58772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan
dissirtation, kimjovij kinetika va muvozanat
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Oliy ta’limda masofaviy ta’lim o‘quv pedagogik jarayoni; masofaviy ta’lim tizimi negizida elektron resurslar va kontentlar yaratish metodikasi.

Magistr dissertatsiyaning amaliy ahamiyati shundaki, hozirgi kunda mavjud milliy va chet el ochiq elektron resurslarni o‘rganib chiqqan holda ta’limda masofaviy ta’lim web – texnologiyalar yordamida ochiq elektron resurs yaratish.

I-BOB. MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI

    1. Masofaviy o‘qitishni tashkil qilishning nazariy asoslari

Masofaviy ta’lim tizimida bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni olish jarayoni masofaviy ta’lim olish jarayoni deyiladi. Masofaviy o‘qitish an’anaviy sirtqi o‘qitishdan quyidagi taraflari bilan farq qiladi:

  • Masofaviy o‘qitish bu sirtqi o‘qitishning yangi shakli xisoblanadi. Ya’ni u mustaqil o‘qish bo‘lib, mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantiradi.

  • Masofaviy o‘qitishda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va xatto ishdan ajralmagan holda ham o‘qishi mumkin.

  • Masofaviy o‘qitishda o‘qish muddatini o‘quvchini o‘zi belgilaydi, o‘zlashtirish o‘quvchining topshiriqlarni yoki testlarni topshirishiga qarab aniqlanadi.

  • O‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik o‘qishni tez bitiradi va guvoxnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa mustaqil ishlab o‘qishni davom ettirishga imkon beradi.

  • Talabalar bir necha mutaxassislikni olish maqsadida bir usuldan keng foydalanish imkoniyatiga ega.

  • Masofaviy o‘qitishda talabalar uchun o‘quv auditoriyalar, yotoqxonalar kerak emas. Moliyaviy xarajat asosan o‘quv-uslubiy niqob yaratish uchun ishlatiladi.

  • Masofaviy o‘qitishda ishlatilayotgan xonalar biror mutaxasislikni egallash uchun yoki malakasini oshirish uchun ishlashi mumkin. Bu usullar esa nogironlar uchun juda qulay.

Shunday qilib, umumiy xolda masofaviy ta’lim ham sirtqi ta’lim bo‘lib, o‘quvchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi muloqot kompyuter-axborot tizimlari, telekommunikatsiya qurilmalari va internet orqali amalga oshiriladi.

O‘quv davomida tinglovchi o‘quv materiallari va kompyuteriga oladi. Bajarilgan test va nazorat ishlarini o‘qituvchiga internet yoki e–mail orqali yuboradi. Bundan tashqari tinglovchi o‘z o‘qituvchisiga va uslubchisiga savollar bilan murojaat qilishi va o‘z vaqtida javob olishi mumkin.

Masofaviy ta’limni qo‘llash quyidagi natijalarga erishish imkoniyatini beradi.

1.Ta’lim tizimidan foydalanuvchi xizmatini kengaytirish shu jumladan ilmiy va axoli kam joylashgan regionlar uchun.

2. Tinglovchi studentlar va o‘quvchilarni yashash joyidan qatiy nazar ta’lim olish sifatini oshirish.

3.Qo‘shimcha ish joylarini yaratish.

4. Kadrlarni tayyorlash sifati va malakasini oshirish.

5. Chet eldagi tinglovchilarni jalb qilish.

6.Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish.

7. Axolini psixologik qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kurs va dasturlarni yaratish va amalga oshirish.

Ta’limni ommaviyligini rivojlantirish bilan bir qatorda ta’limni individualligini kuchaytirish.

Masofadan o‘qitish omillari.

Mamlakatimiz talim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli talim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish keng qo‘llanilayotganligi ham quvonchli xol.

Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni xozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo‘l ochib berish bilan birga ularni muxofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.

Masofadan o‘qitishda o‘qituvchi bilan tinglovchining orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘qligi xam ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli o‘qitish jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Tinglovchini yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli o‘qitishni tashkil etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni to‘la xal etib bo‘lmaydi. Ushbu muammoni xal etish uchun qo‘shimcha o‘quv materiallarni ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Shular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat xosil qiluvchi ko‘rsatmalar va xokazolar bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Xozirgi zamon talabiga to‘liq javob beradigan mutaxassisni tayyorlash bu - davr talabidir. Xozirgi vaqtda respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash, o‘qitish, bilim berish, zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda yangi texnika va texnologiyalar bilan ishlashni o‘rgatish maqsadida juda ko‘p ijobiy ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Ulardan asosiysi, "Masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasi"dir. Shu nuqtai nazardan yosh avlodni masofadan o‘qitish tizimiga tayyorlash bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda amalga oshirish mumkin.

Xozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy o‘qitish katta axamiyat kasb etmoqda. Chunki talimning bu turi shu paytgacha mavjud bo‘lgan talim turlaridan o‘zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. Masofaviy o‘qitishning kunduzgi va boshqa ta’lim turlaridan farqli jixati shundaki, mazkur talim turiga juda keng axoli ommasini jalb qilish mumkin. Masofaviy o‘qitish o‘zida kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarining ijobiy xususiyatlarini mujassam etadi. Shu jixatlariga ko‘ra masofaviy o‘qitish xozirgi kundagi istiqbolli talim turlaridan biri xisoblanadi.

Masofaviy o‘qitish asosida talim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan axolining muayyan qismini talim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf - xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu talim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. Masofaviy o‘qitishga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruxlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin:



  • ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha malumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘tash istagida bo‘lganlar;

  • mintaqaviy xokimiyat va boshqaruv raxbarlari ;

  • ananaviy talim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli malumot olaolmagan yoshlar;

  • o‘z malumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish istagida bo‘lgan firma va korxonalar xodimlari;

  • ikkinchi parallel malumot olishni xoxlagan tinglovchilar;

  • markazdan uzoqda, kam o‘zlashtirilgan mintaqalar axolisi;

  • erkin ko‘chib yurishi cheklangan shaxslar;

  • jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar;

  • xarbiy xizmatda bo‘lgan shaxslar va boshqalar.

"Talim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" maqsad va vazifalari bosqichma - bosqich ro‘yobga chiqarilishida zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarning roli muxim axamiyat kasb etishi hammaga ayondir.3 Zamonaviy axborot texnologiyalariga: multimediya, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, bir alifbodan ikkinchi bir alifboga o‘tkazish, kompyuterli test nazorati, skaner texnologiyasi, internet, elektron pochta, Web - texnologiya, elektron virtual kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdim etish texnologiyasi, suniy tafakkur tizimlari va boshqalar kiradi.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to‘liq amalga oshishidan ko‘zlangan maqsadlarning naqadar ezgu ekanini inobatga olsak, bugungi kunga kelib o‘qitish tizimlarining xar biri jabxasida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish zarurati aloxida dolzarblik kasb etayotganini sezish qiyin emas. Hammamiz guvoximizki, kundalik xayotimiz va istiqbolimiz ravnaqi uchun muxim extiyoj sanalmish tom manodagi talim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining jalb etilishi tobora oldingi o‘ringa chiqib borayapti. Buni ko‘plab maxsus talim muassasalari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari va yetakchi oliy o‘quv yurtlari xamda akademiyalar misolida ko‘rish mumkinki, ayni kunlarda ulardagi o‘quv jarayonini, masalan, bilim olish samarasini o‘zgartirishga sarflanadigan vaqtning keskin qisqarishida va bilimlarni xotirada olib qolishning keskin ortishida namoyon etuvchi multimediya vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.




    1. Download 230.5 Kb.

      Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page