Termiz davlat pedagogika instituti



Download 3.46 Mb.
Page1/2
Date29.02.2024
Size3.46 Mb.
#63708
  1   2
Turayev A hisobot
mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. S



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI
KAFEDRASINING


60110500- Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
2-kurs talabalarining 2023-2024-o‘quv yili
III semestrida o‘tkazilgan malakaviy amaliyot yuzasidan


HISOBOTI

Termiz-2024
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil iyunddagi 202-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti o`tash tartibini takomillashtirish haqida”gi Nizomga va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 16-iyuldagi tasdiqlaganta`lim yo`nalishlari bo`yicha davlat ta’lim standartlari hamda 2022-yil 30-avgustdagi institut Kengashining 1-son qarori bilan tasdiqlangan ishchi o‘quv rejalariga muvofiq, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 60110500- Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi II kurs talabalari 2024-yil 8-yanvardan 2024-yil 20-yanvargacha (2haftalik) umumta’lim maktablariga 1-ilovaga muvofiq malakaviy amaliyotga yuboriladi.
20232024-o‘quv yili o‘quv rejasi hamda o‘quv yuklamasiga muvofiq malakaviy amaliyot bo‘yicha Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Turayev A amaliyot rahbari etib tayinlandim.
Talabalarga malakaviy amaliyotiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Unda Boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani p.f.d.(DSc).,prof X.Norbo`tayev, dekan muovinlari, kafedra mudiri p.f.f.d. L.Muxtarova shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda II-kurs talabalari ishtirok etishdi. Ajumanda fakultet dekani p.f.d.(DSc).,prof X.Norbo`tayev so‘zga chiqib, o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirgan II-kurs talabalarining malakaviy amaliyotga chiqishlari kerakligi haqida gapirib, institut rektorining 2023-yil 22-dekabrdagi 911-T-sonli buyrug‘ini o‘qib eshittirdi. Shunga asosan, II kurs talabalari o‘zlariga biriktirilgan maktabida 2024-yilning 8-yanvardan 20-yanvargacha qadar malakaviy amaliyotni o‘tashlarini ta’kidladi. Malakaviy amaliyotga bag‘ishlangan anjumanda kafedra o‘qituvchilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdilar.
Amaliyot rahbari sifatida talabalarni dastur talablari, amaliyot maqsad va vazifalari bilan tanishtirib o’tdik. Amaliyot kundaligi va boshqa me’yoriy hujjatlarni to‘ldirib borish kerakligi aytib o‘tildi. Talabalar kafedra amaliyot rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan “Talabalar malakaviy amaliyot dasturi” bilan ta’minlandi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan O`zbekiston respublikasining viloyat tuman va shahar maktablariga o`zlarining tanlovi asosida quyidagicha taqsimlandilar: Termiz shahriga 6 nafar talaba ,Surxondaryo viloyat tumanlariga 16 nafar talaba, Qashqadaryo viloyati 3 nafar, Toshkent viloyatiga 1nafar amaliyotchi talaba.
Amaliyotning birinchi kunida, 2024-yil 8-yanvar kuni II kurs talabalari o‘zlari biriktirilgan maktablarda borishdilar. Ular bilan Surxondaryo viloyat tuman va shahar maktablariga biriktirilgan amaliyot rahbarlari ham borishdi. Maktablarda direktorlari nutq so‘zladi va institut talabalarining malakaviy amaliyotni o‘tash uchun ta’lim muassasalari o‘rtasidagi tuzilgan shartnomaga va institut rektorining buyrug‘iga binoan kelganligi hamda ichki tartib qoidalari bilan tanishtirildi, talabalarni boshlanayotgan pedagogik faoliyatlarida ma’suliyatli bo‘lish zarurligi xususida gapirdi.
Har bir talaba sinf rahbari va sinflarga biriktirildi. Amaliyot davomida mutaxassislik fani o‘qituvchisinig dars jarayonini kuzatib hamda pedagogik mahoratini o‘rganib bordik. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabat, maktab jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onasi bilan bo‘lgan aloqa munosabatlari haqida ko‘nikmaga ega bo‘lib kelmoqdamiz.Bu jarayonlarni uzoq masafadagi talabalarimizda onlayn (Telegramm)orqali kunlik nazorat qilib bordik.



Download 3.46 Mb.

Share with your friends:
  1   2




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page