II BOB. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati…………………………………………………………32 Pedagogik jarayonda interfaol usullardan foydalanish…………………32
O’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va metodlar……...44
K I R I SH Mustaqil O’zbekistonimizning jahon miqyosida tutgan o’rni salohiyatini oshirishning eng muhim jihatlari nazarda tutilgan “Mamlakatimizning salohiyati, iqtisodiyotimizning rag’batlantirilishini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish – bu asosiy yetakchi sohalarini modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash va infratuzilma komunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat” ekanligini alohida o’qtirib o’tadilar. Yurtimizda 2010 yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinganligidan ham ko’rinib turibdiki “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va sog’lom o’sishi bilan ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarini yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan “Barkamol avlod yili” munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo’lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko’zda tutadi. Dasturda belgilangan kompleks chora-tadbirlarini bajarish uchun 2010 yilda barcha moliyalash manbalari hisobidan 8 tirilion so’mdan ortiq mablag’larni yo’naltirish mo’ljallangan1.
Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag’lar ertangi kunimiz uchun mehnat qilish, fidoilik ko’rsatish bolalarimiz uchun mehnat qilish - bu barchamizning muqaddas burchimizdir degan fikrlari butun xalqimizning azaliy orzu umidlari va fikrini ochiq bir ifodalashidir.
Fransuz tilini o’qitishning maqsadlari jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, shuning uchun ham fransuz tilini o’qitishga mo’ljallangan o’quv dasturi jamiyat, davlat manfaatlari va talablariga mos kelmog’i hamda javob bermog’i lozim. Mustaqil Respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni tobora o’sib, xalqaro aloqalar, turizm, savdo-sotiq va mamlakatlar o’rtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga fransuz tilini puxta o’rgatish va masalalarni erkin muhokama qila olish, umuman og’zaki va yozma shaklda muloqot qila olishni o’rgatish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Bu vazifalar yaratilayotgan o’quv dasturi va darsliklarda o’z ifodasini topishi zarur.