Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Matematik analiz kursida o‘rganiladigan dastlabki tushuncha limit tushunchasidar. Ayni paytda u keyinroq kiritiladigan asosiy tushunchalar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bu tushuncha haqiqiy sonlar ustidagi amallardan tubdan farq qiladi. Ketma-ketlik tushunchasi dastlab umumiy o‘rta maktabning 9-sinf algebra darslarida arifmetik va geometrik progressiyalar misolida kiritiladi. So‘ngra umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi muassasalari uchun “Algebra va analiz asoslari. Geometriya” darsligida funksiya limiti haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Bu mavzu akademik litsey va kasb-hunar kollejlari algebra darslarida kengroq yoritib berilgan. Va nihoyat oliy ta’lim muassasalarining matematika yo‘nalishlarining matematik tahlil fanlarida davom ettiriladi. Uni o‘rganish, u haqida bilimga ega bo‘lish, tassavvur qila olish, uni mohiyat jihatidan tushunish va amalda qo‘llay olish katta ahamiyatga ega va shu bilan birga, xususiyatlarini o‘rganish va uni yechish usullarini ko‘rsatib berish zaruriy talablardan biri hisoblanadi. Ayni shu ahamiyat va zarurat tayyorlangan kurs ishni dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari:Monoton ketma-ketliklar va uning limiti haqida batafsil ma’lumotlar berish va bu mavzularning umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va oliy ta’limda o’qitilishini o’rganish.
Kurs ishning ob’ekti: Umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va oliy ta’limda monoton ketma-ketliklar va funksiyaning limiti mavzularini o‘qitish jarayoni.
Kurs ishning predmeti: Zamonaviy matematik ta’limida sonli ketma-ketliklar va limiti bilan bog’liq masalalarni yechish usullari mazmuni, uning mohiyati va uni o‘qitishni takomillashtirish texnologiyalari.