2. Fuqarolik huquqlari obyektlarininghayot sikllari
Umumlashgan ma'noda olganda, zamonaviy mulkning hayot sikli uni vujudga kelishi, mulkiy munosabatlar obyekti bo'lishi, bu munosabatlardan chiqarilishi davrlaridan iborat bo'ladi.
Turfa atributlimulkning har bir turi, uni kapital, tovar yoki mulkiy munosabatlar obyekti (vositasi) sifatida muomalada bo'lishiga qarab, o'ziga xos va mos hayot sikliga ega. Zero, mulkning har bir turi (jumladan, guruhi, sinfi, kategoriyasi) o'ziga xos mazmun, shakl va parametrlarlar bilan xarakterlanishi mos ravishda uning hayot sikli mazmun-mohiyati va xususiyatlarini, davrlari soni va davomiyligini belgilaydi.
Masalan, ko'chmas mulk obyektlari hayot sikli tavsifi ko'chmas mulk iqtisodiyotiga bag’ishlangan adabiyotlarda, mulkning alohida turi deb hisoblangan moliyaviy instrumentlar, jumladan, qimmatli qog’ozlar, hayot sikli ular bilan bog’liq moliya va fond bozorlariga bag’ishlangan adabiyotlarda batafsil berilgan. Shu munosabat bilan, turli mulk obyektlari hayot sikli mavjud tegishli adabiyotlar va boshqa axborot manbalari yordamida ma'ruzachi pedagog rahbarligi ostida talabalar tomonidan mustaqil o'rganish tavsiya etiladi.
3. Fuqarolik huquqlari obyektlarining ko'rsatkichlari
Zamonaviy mulk uning mazmun-mohiyativa shakliga, qaysi tur, guruh, sinf yoki kategoriyaga mansubligiga, holatining, atributlariva hayot sikli harakteriga qarab, tegishli parametr(ko'rsatkich)lar bilan ifodalanadi. Bunda mos ravishda mulk ko'satkichlari turlicha (texnik, iqtisodiy, kimyoviy, fizik, ijtimoiy, yuridik va h.k.) bo'lishi mumkin.
Mulk obyektlarining mohiyatini aniqlovchi ko'rsatkichlar umumiy va xususiy turlarga bo'linadi.
Ta'kidlash zarurki, zamonaviy mulk ko'rsatkichlari tasnifi va tavsifi uning turlariga bag’ishlangan tegishli adabiyotlar va axborot manbalarida to'liq berilgan. Masalan, ko'chmas mulk obyektlari ko'rsatkichlari tasnifi va tavsifi ko'chmas mulk iqtisodiyotiga bag’ishlangan adabiyotlarda, mulkning alohida turi deb hisoblangan moliyaviy instrumentlar, jumladan, qimmatli qog’ozlar, ko'rsatkichlari ular bilan bog’liq moliya va fond bozorlariga bag’ishlangan adabiyotlarda batafsil berilgan. Shu munosabat bilan, turli mulk obyektlari ko'rsatkichlari tasnifi va tavsifi mavjud tegishli adabiyotlar, qonun hujjatlari va boshqa axborot manbalari yordamida ma'ruzachi pedagog rahbarligi ostida talabalar tomonidan mustaqil o'rganish tavsiya etiladi.
Baholash faoliyati nuqtai nazaridan, zamonaviy mulkning ko'rsatkichlari tasnifi va tavsifi ushbu faoliyatni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida va mulk qiymatini baholashning milliy standartlarida (MQBMS) keltirilgan. Bunda talabalar mustaqil ravishda mulk turlariga mos ko'rsatkichlarni tegishli MQBMSlardan o'rganishi tavsiya qilinadi.
MQBMS sifatini chuqurroq idrok etish maqsadida mulk qiymatini baholashning tegishli halqaro standartlari (MQBHS)larini solishtirma o'rganish foydali.
Share with your friends: |