Mavzu: ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari mundarija: kirish i-bob. MASOFAVIY ta’lim texnologiyalari asoslari



Download 230.5 Kb.
Page5/10
Date10.05.2022
Size230.5 Kb.
#58772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan
dissirtation, kimjovij kinetika va muvozanat
Dastlabki bosqichda multimedia muhitida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan o‘quv fani tanlanadi. Bunda ushbu fan bo‘yicha oldin tayyorlangan kurslarni ajratish, kursni yaratish uchun mo‘ljallangan mablag‘ va vaqtni, shuningdek kurs o‘qiladigan auditoriya va uning mo‘ljallangan tirajini aniqlash zarur bo‘ladi.

Tayyorlash bosqichida kurs matnini yozish, ko‘rgazmali va bildirgi materiallarni tayyorlash, eskizlar interfeysi va o‘quv dasturining ssenariysini, shuningdek, alohida bloklarning ssenariylarini (animatsion fragmentlar, videofragmentlar, kompyuterli modellashtirishni amalga oshiruvchi dasturlar, bilimlarni tekshirish bloklari va boshqalar) mo‘ljallanadi.

Asosiy bosqichda kursni bevosita yaratish bo‘yicha ishlar bajariladi.

Yakunlovchi bosqichda kurs mavzularga bo‘linadi, gipermatnlarga jo‘natish tizimi shakllantiriladi. O‘quv multimedia kurslari uchun xarakterli bo‘lgan katta bosqichdagi axborotlarni faqat yaxshi ishlab chiqilgan interfeys va navigatsiya tizimlari orqali qamrab olish mumkindir. Yakunlovchi bosqich o‘tkazilgandan so‘ng kursni testlashtirish va qayta ishlash amalga oshiriladi.

Masofaviy o‘qitishning asosiy elementlaridan yana biri virtual laboratoriya ishidir.



Virtual laboratoriya ishlari konstruktori universal dasturiy tizim bo‘lib, eksperiment ma’lumotlarini o‘lchash, yig‘ish, ko‘rsatish va qayta ishlash vositalarini boshqarishga qaratilgan. Umumiy tarzda, bu konstruktorni o‘lchalgan axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va ko‘rsatish bo‘yicha apparatli dasturiy komplekslarni, o‘lchov, test o‘tkazish va boshqaruv tizimlar dasturlarini yaratish, sozlash va bajarishning integrallashgan muhiti sifatida qarash mumkin.

Ushbu muhitda yaratilgan virtual laboratoriya ishlarining ko‘rinishi asosan uch qismdan iborat bo‘ladi:

   - oldingi panel;

   - blok - diagramma;

   - ulovchi - piktogramma.

   Oldingi panel - bu foydalanuvchining interaktiv grafik interfeysi bo‘lib, fizik asbobning oldingi ko‘rinishini imitatsiya qiladi. U, kompyuter ekranida eksperiment natijalarini qulay holda ko‘rsatish uchun turli tugma, tugmacha, raqamli va mantiqiy boshqaruv organlarining grafik ko‘rinishlaridan iborat bo‘ladi. Operator "sichqoncha"dan foydalanib, fizik asbobni boshqaruv organlarining harakatlarini virtual laboratoriyada imitatsiya qila oladi.

   Blok - diagramma - grafik ko‘rinishidagi dastur bo‘lib, unda vazifani bajarish bo‘yicha algoritm beriladi. Virtual instrument blok-diagrammadan yo‘llanmalar oladi va ularni grafik dasturiy tilida bajaradi.
    Ulovchi - piktogramma - virtual instrumentning grafik belgisi bo‘lib, u umumiy virtual instrumentlar ierarxiyasida ushbu instrumentning shartli belgisini ko‘rsatadi hamda virtual instrumentning kirish va chiqish terminallarining sxemasini aniqlaydi.

Masofaviy ta’limda testlarni o‘tkazishda quyidagi talablarga javob beradigan kompyuter tizimlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

- test topshiriqlarini tayyorlashning soddaligi (kompyuterda ishlashni minimal darajada biladigan o‘qituvchilar tomonidan bunday topshiriqlarni tayyorlash mumkinligi);

- keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatining borligi (keng spektrdagi fanlar bo‘yicha testlarni tayyorlash imkoniyati yaratilganligi);

- test topshiriqlar bazasini boshqarish tizimining qulayligi (topshiriqlarni o‘chirish, qo‘shish va topshiriq bazalarini birlashtirish);

- test o‘tkazish natijalari asosida statistik ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash tizimining yaratilganligi ( testdan o‘tuvchilar uchun va test topshiriqlari uchun);

- o‘quv jarayonida bilimlarni tezkor nazorat qilishni tashkillashning osonligi;

- vazifani yechish qurilmalarining qulayligi (masalan, kengaytirilgan imkoniyatga ega bo‘lgan mikrokalkulyatorni qo‘yilganligi);

- qo‘shimcha kiritilgan multimedianing keng imkoniyatlarining mavjudligi;

- kompaktligi (test o‘tkazish tizimi o‘zining bir necha yuz test topshiriqlari bilan bitta disketaga joylashganligi);

- kompyuter tizimiga qo‘yilayotgan talablarning kam darajadaligi (Windows 95/98/NT).

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda yaratilgan va yaratilayotgan elektron o‘quv adabiyotlari soni uncha ko‘p emas. Ushbu ishni jadal odimlar bilan amalga oshirish va ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga joriy etish hozirgi kunning zaruratiga aylandi.

Qo‘yilgan vazifani amalga oshirish uchun respublikamizdagi salohiyatli va tajribali o‘qituvchi, uslubchi, olim va tizimli dasturlarni birlashtirib maxsus elektron darslik yaratuvchi guruhlar, imkoniyatdan kelib chiqqan holda, hatto, elektron darslik yaratuvchi guruhlar, markazlar tashkil etish zarur. Shunda mustaqil respublikamiz kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodni yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitib, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va rivojlangan xorij davlatlarining yoshlari bilan raqobatdosh kadrlar tayyorlashga zamin yaratgan bo‘lamiz.



    1. Download 230.5 Kb.

      Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page