O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхoro dаvlаt tibbiyot instituti хаlq tabobati va kasb kasalliklari kаfedrаsi



Download 1.34 Mb.
Page1/99
Date14.03.2024
Size1.34 Mb.
#63864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Xalq tabobati-2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА O’RTА MАХSUS
TА’LIM VАZIRLIGI
BUХORO DАVLАT TIBBIYOT INSTITUTI
Хаlq tabobati va kasb kasalliklari kаfedrаsi

Хаlq tаbobаti” fanidan o’quv uslubiy mаjmuа

Bilim sohаsi: 500000 - Sog’liqni sаqlаsh vа ijtimoiy tа’minot
Tа’lim sohаsi: 510000 - Sog’liqni sаqlаsh
Tа’lim yo’nаlishi: 5510100 – Dаvolаsh ishi
5111000 – Kаsbiy tа’lim

Ma’ruza№1


Mavzu: Fanning rivojlanish tarixi. Ignaterapiya haqida an'anaviy tasavvurlarining nazariy asoslari.
Reja:

  1. Ignaterapiyaning rivojlanish tarixi.

  2. Ignaterapiya haqida an'anaviy tasavvurlarining nazariy asoslari.

  3. Ignaterapiya ta‟sir mexanizmining hozirgi zamon nazariyalari

Ignaterapiyaning rivojlanish tarixi


Ignaterapiya (chjen) va kuydirish (tszyu) bundan taxminan 5000 yil oldin vujudga kelgan deb taxmin qilinadi. Chjen-tszyu terapiya birinchi bo‟lib sharq mamlakatlarida: Tibet, Xitoy, Hindiston, Koreya, Yaponiya, Vetnam, Laos, Neapol, Egipet va boshqalarida vujudga kelgan. Bu usulning qadimiy davolash usuli ekanligini tosh davri arxeologik qazilmalari
(kremniydan, kvarts - «byan-shi») va keyingi davrlarda ishlatilgan suyak va bambukdantayyorlangan ignalar isbotlab beradi. Keyinchalik ignalar metallardan: mis, bronza, temir, kumush va oltindan tayyorlangan. Ularni har xil o‟tkir va surunkali kasalliklarni davolashda, yiringli jarohatlarni ochishda, qon chiqarishda va boshqa xirurgik muolajalar o‟tkazishda ishlatishgan. Qadimiy vrachlar har xil kasalliklarda tanani ma'lum qismiga og‟riqli ta'sir etilganda ijobiy natija olinishini kuzatishgan. Shunday qilib, tajriba va xatolar asosida to‟plangan bilim asrlar osha bir avloddan ikkinchi avlodga berilib, ko‟paytirilib, rivojlantirilib kelindi.
Mashhur xitoy xalqi tibbiyoti qonuni - «Xuandi Ney - Szin» (ichki a'zolar haqida) asari bizning eramizgacha bo‟lgan III asrda yozilgan bo‟lib, u ignaterapiyaga bag‟ishlangan. Lekin ignaterapiya undan ancha aVBal vujudga kelgan hisoblanadi.
Boshqa vrach So`ma-Tsyan (II-I asr bizgacha bo‟lgan era) o‟zining «Shi-Tszi» nomli kitobida mashhur tabib Byan-Tsyao (V asr bizgacha bo‟lgan era) haqida gapirib, uni Chjen-tszyu terapiyani mukammal egallagani haqida yozib qoldirgan. Byan-Tsyao o‟zining «Nan-Tszin»
(Og‟irlik haqida) nomli kitobida barcha nuqtalarni izohlab, turli kasalliklarda qo‟llanilishini ko‟rsatib bergan.
Keyinchalik Xitoyda ignaterapiyaga bag‟ishlangan bir necha asarlar yaratilgan. Chjentszyu terapiya, ayniqsa, VI-VIII asrlarda keng rivojlandi vatarqaldi. XI-asrda birinchi «Nuqtalar atlasi» (Van-Veyi 1026 yil) yaratilgan. Bunga asoslanib kishini bo‟yi barobar ikkita bronzadan figura qo‟yilgan. Bu figurada u vaqtda aniq bo‟lgan nuqtalar parmalanib ko‟rsatilgan (1027y). Ko‟p o‟tmay Chjen-tszyu-terapiya ilmi boshqa sharq mamlakatlarida: Koreya, Yaponiya, Hindiston va Mangoliyada keng tarqaldi. Bu mamlakat tabiblari ham ignaterapiyani rivojlanishiga katta hissa qo‟shishgan. Chjen-tszyu terapiya rivoji bir necha asr davom etdi. Bir necha avlod olimlari mehnatlari asosida 14 ta chiziq va 670 ta nuqta ko‟rsatilgan figura va kartalar tuzildi, qaysiki shu nuqtalar topografiyasi hozirgi vaqtgacha mutaxassislar tomonidan ishlatilib kelinmoqda. Chjen-tszyu terapiya rivojlanish jarayonida muolaja uslubi va uni o‟tkazishning texnik vositalari o‟zgardi.
Chjen-tszyu terapiyani ilmiy asoslangan ravishda o‟rganish maqsadida 1955 yilda Pekinda Xitoy tibbiyotini o‟rganish Ilmiy tekshirish instituti ochildi. Bu institut olimlari chjen-tszyu terapiyaning xususiyatlarini ilmiy asoslash bo‟yicha ish olib borishmoqda.
Evropa mamlakatlarida akupunktur davolash usullari haqida ma'lumot VIII asrda paydo bo‟lgan. Bu vaqtda akupunktura Gollandiya, Frantsiya va Italiya mamlakatlarida keng qo‟llanila boshlandi va rivojlandi. Ayniqsa, bu usul asosan Frantsiyada o‟z rivojini topdi. XX asrda Parij akupunktura markazi tashqil qilindi va ilmiy izlanishlar olib borildi.
MDHgi mamlakatlarida akupunktura XX asrning ikkinchi yarmidan tarqala boshlagan. 1957 yildan CHJEN-TSZYU terapiya usulini o‟rganish maqsadida klinik-fiziologik tadqiqotlar boshlab yuborildi. Bu davrda akupunktura mexanizmi haqida ma'lum tasaVBurga ega bo‟lish, ignaterapiya effektini va uning ta'siridagi o‟zgarishlarni o‟rganish uchun tadqiqotlar olib borildi.

Download 1.34 Mb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page