Universiteti


Umumiy pedagogik texnologiyalar



Download 253 Kb.
Page8/26
Date07.04.2024
Size253 Kb.
#64009
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
chet tili bilimlari oʻtkazish
adsf, chet tili bilimlari oʻtkazish, 1- topshiriq (1)
Umumiy pedagogik texnologiyalar o'z ichiga yirik texnologiyalarni, ya'ni butun ta'lim tizimiga tegishli bo'lgan masalalarni qamrab oladi.
Masalan: reyting tizimiga o'tish, test texnologiyalariga o'tish shular jumlasiga kiradi.
Xususiy pedagogik texnologiyalar esa ma'lum fan doirasida qo'llanilishi mumkin va qulay bo'lgan texnologiyalarni o'z ichiga oladi. Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo'lgan texnologiyalarni ishlab chiqish.
Modulli kichik universal texnologiyalar biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, turli fanlarni o'rganishda ishlati+lishi mumkin bo'lgan texnologiyalardir. Masalan: didaktik o'yinlar, fikrlashga o'rgatuvchi texnologiyalar. Ular universal xarakterda bo'lib, ko'p vaqt talab etmaydi. Masalan: didaktik o'yinli texnologiyalar.
Ta'limning faolligi – ta'lim oluvchilarning faolligini tashkillashtirishni ta'minlab beruvchita'lim.
Ta'limning faol usullari – ta'lim oluvchilarning bilim orttirish faoliyatini kuchaytirish usullari. Asosan u yoki bu muammoni echish yullarini izlashda taxminiy erkin fikr almashinish diologi asosida quriladi. Ayniksa keng tarkalgan va uziga xos xususiyatga ega bulgan ta'limning faol usullariga kuyidagilar kiradi: suxbat, munozara, ta'limiy uyinlar, «keys-stadi», loyixalash usuli, muammoli usul, miyaga xujum va boshq.
Interaktiv (Interactive) – dialogli. Interfaol ta'lim – ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi urtasidagi uzaro harakatni amalga oshiruvchi dialogli ta'lim.
Interfaollik – ta'lim doirasida prinsipial yangi xodisa – shu tufayli ta'lim oluvchi:
(1) ta'lim jarayonining xamma sub'ektlari bilan faol o'zaro harakatda bo'lishi, faqatgina o'qituvchi bilan shaxsiy munosabat yo'lidagina emas, balki boshqa talabalar, ma'muriyat bilan hal qila olishi mumkin;
(2) multimedia ob'ektlarini tahlil kilish jarayonida ularning mazmunini, shaklini, o'lcham va ranglarini dinamik ravishda boshqarishni, turli tarafdan ularni kuzatishni, boshqa shunga uxshash manipulyasiyalarini kayta ta'minlashni, ko'proq aniq ko'rsatuvga erishish uchun xohlagan joyidan to'xtatib va davom ettira olish mumkin bo'ladi.
Shunday qilib, interfaollik faqatgina axborotlarni qabul kilish uchungina emas (passiv), balki o'rganilayotgan ob'ektlar yoki jarayonlarda va virtual modellarning o'zaro harakatlarida multimedia modellari xususiyatlarini faol tadqiqot qilish uchun ham imkoniyat yaratib beradi. Interfaollik darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, ta'lim jarayoni ham shunchalik samarali bo'ladi.
Hozirgi davr o'qitish shakllari talabalarni erkin, ijodiy fikrlashga, ishlashga yo'naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
O'quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Aynan demokratik tamoyillar, insoniylik va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy o'qitish shakllari davr talabi bo'lib, bunda dars jarayonining texnologik xaritasini tuzish, jarayonni oldindan loyihalashtirish muhimdir.
Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchi – talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Shu bilan bir qatorda o'qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o'qituvchi o'quv predmetining o'ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, o'quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olish kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o'quvchi–talabani ta'limning markaziga olib chiqish kerak.
O'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o'qituvchiga u tomonidan bo'lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitiladigan predmet, fanning xususiyatidan, o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o'qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy pedagogika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, shuningdek, juda ko'p metodlar. Usullarni bilishi kerak bo'ladi.Har bir darsni rang–barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'liq.
Darsning texnologik kartasini qay ko'rinishda yoki shaklda tuzish, bu o'qituvchining tajribasi, qo'ygan maqsadi va ixtiyoriga bog'liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bo'lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to'liq o'z ifodasini topgan bo'lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o'qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qiralari o'z aksini topadi.

Download 253 Kb.

Share with your friends:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page