O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 261.5 Kb.
Page1/10
Date04.10.2024
Size261.5 Kb.
#64679
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Insert” va “Klaster” metodlaridan geografiya darslarida foydalanish metodikasi
algebra 10-11 1996 www.ziyouz,com

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SIRDARYO VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
«Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi

........................... tuman ......-umumta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi
......................................ning
Insert” va “Klaster” metodlaridan geografiya darslarida foydalanish metodikasi mavzusidagi

MALAKA ISHI

Rahbar: _____ …………………..


GULISTON – 2020 yil
mundarija
Kirish........................................................................................................................3
Asosiy qism
1. “Pedagogik texnologiya” hamda “Metodika” tushunchalarining tavsifi..........5
2. Noan’anaviy ta’limning avzalliklari...................................................................13
3. “Insert” interfaol metodinig maqsadi va vazifalari..........................................18
4. “Klaster” interfaol metodinig maqsadi va vazifalari...........................................22
Xulosa va tavsiyalar..............................................................................................24
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati....................................................................26
Kirish.
Ma’lumki, har bir millat tarix va zamon voqealarining faol ishtirokchisiga aylanar ekan, uning jahon tsivilizatsiyasi yoki mamlakatdagi mavqei va obro‘ e’tibori doimo shu millatning salohiyati aqliy, ma’naviy potentsialiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham, mamlakat kelajagi uning ta’lim tizimining rivojlanganligi darajasi bilan belgilanadi.
Mavzuning dolzarbligi; Hozirgi kunda ta’lim sohasidagi bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarning manfaati va huquqlarini himoya qilish sohasidagi yetilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, real iqtisodiyotga va mamlakatning barcha hayot sohalarida ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mutaxassislarga bo‘ladigan talabni ta’minlash maqsadini ko‘zda tutadi.
“Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor bergan holda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish”, -degan edi birinchi Prezidentimiz. Darhaqiqat, bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish uchun pedagog kadrlarning imkoniyatlarini oshirishga katta talablar qo‘yilyapti.
Interfaol ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash lozim.
Malaka ishning maqsadi; Umumiy ta’lim maktablari geografiya o‘qituvchilariga geografiya darslarida noan’anaviy va interfaol usullardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar tayyorlash.
malaka ishning vazifalari quyidagilardan iborat;
- o‘qitish jarayonida noananaviy va interfaol usullardan foydalanish uslubini yaratish orqali ta’lim mazmuni boyitish,
- ta’lim jarayonida o‘quvchilarni intelektual salohiyatini interfaol usullardan foydalangan xolda ta’minlash,
- ta’limda o‘ziga xos ravishda interaktiv metodlarni har bir fan va o‘quv soatlariga jalb etish,
Malaka ishimni yozish davomida geografiyaning qator kurslari, xususan geografiya o‘qitish metodikasi, geografik o‘lkashunoslik, geografiyaning tadqiqot usullari, O‘zbekison geografiyasi faniga bag‘ishlangan juda ko‘p darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqolalar, internet materiallari bilan tanishdim va ularni o‘qib o‘rgandim. Qolaversa, malaka ishini yozishda pedagogika, psixologiya, yangi pedagogik texnologiyalar kabi fanlardan olgan bilim va ko‘nikmalarim qo‘l keldi.

  1. Pedagogik texnologiya” hamda “Metodika” tushunchalarining tavsifi

O‘zbekiston Respublikasi (shu jumladan MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan “Pedagogika» fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat – ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.


Ayni o‘rinda «pedagogik texnologiya” hamda “metodika” tushunchalarining tavsifi, o‘ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir.
Shunday ekan, bu o‘rinda “pedagogik texnologiya” tushunchasining qo‘llanilishi, shuningdek, asosiy e’tiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozimdir.
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengdir. Ta’lim metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini echishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi.

Download 261.5 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page